» » Buxoroda “profilaktika inspektori” kollej o‘quvchisini tunadi

Buxoroda “profilaktika inspektori” kollej o‘quvchisini tunadi


Buxoro shahridagi avtomobil va yo‘llar kolleji o‘quvchisi 17 yoshli Nurmaxanov Yerimbet o‘zini profilaktika inspektori deb tanishtirgan odamlarning aldovi qurboni bo‘ldi. Bu haqda O‘zA hikoya qilmoqda.

Bir kuni kollej yotoqxonasi oldida turgan o‘smir yoniga ikki yosh yigit keldi. Ulardan biri o‘zini “profilaktika inspektori”, deb tanishtirish asnosida, tungi reyd o‘tkazilayotganini bildirarkan, o‘quvchidan hujjatini ko‘rsatishni so‘radi. Yerimbet yonida pasport yo‘qligini aytdi. “Profilaktika noziri” uning cho‘ntagidagi Samsung rusumli uyali telefonini olib qo‘ydi.

Shundan so‘ng ular o‘smirga u bilan ichki ishlar organi tayanch punktidagi profilaktika inspektori xonasida suhbatlashishni aytib, shaxsiy avtomashinada o‘zlari bilan olib ketdi. 

“Osoyishtalik posboni” va uning sherigi o‘quvchilar turar joyidan taxminan 5 kilometr olisdagi Buxoro tumanida, “Shergiron” mahalla fuqarolar yig‘inidan o‘tuvchi katta avtomobil yo‘li yoqasida to‘xtadi. Ana shundagina Yerimbet ular firibgar tunovchilar ekanligini anglab yetdi. 

“Profilaktikachi”lar o‘smir yigit yonidagi 250 ming naqd pul va akasi Sulaymon Muratov nomiga rasmiylashtirilgan plastik kartochkani ham olib, bir zumda ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi. Uyali telefoni va pulidan ajralgan o‘smir tunda yo‘l bosib, turar joy binosiga yetib keldi.

U bo‘lgan voqea va amaliy yordam ko‘rsatish to‘g‘risida Buxoro tumani ichki ishlar bo‘limiga yozma murojaat qildi. Olib borilgan tekshiruv ishlari davomida jinoyatchilar shaxsi aniqlandi. “Profilaktika inspektori” degani Buxoro tumani, Ko‘hnamachit qishlog‘ilik 19 yoshli S.B., sherigi ham shu manzilda istiqomat qiluvchi 20 yoshli B.R. bo‘lib chiqdi. 

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov ishlari olib borilmoqda.

Опубликовано: admin (28-12-2017, 19:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют