» » Farg‘ona shahriga kiruvchi “Vodiy-5” yo‘l-patrul posti olib tashlandi

Farg‘ona shahriga kiruvchi “Vodiy-5” yo‘l-patrul posti olib tashlandi


Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga taqdim etgan Murojaatnomasida viloyatlar o‘rtasidagi postlarning joylashuvi nafaqat aholiga, balki iqtisodiyotga ham salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani tanqid qilingandi. Farg‘ona viloyatida qisqa muddatda ularning faoliyati qayta ko‘rib chiqildi hamda 8 ta yo‘l-patrul xizmati maskanini olib tashlash tadbirlari ko‘rilmoqda, deb xabar berdi O‘zA.

Farg‘ona tumanidan Farg‘ona shahriga kiruvchi “Vodiy-5” yo‘l-patrul posti avtomashinalar tirbandligi tufayli kechasi-yu kunduz haydovchi va yo‘lovchilarga noqulayliklar keltirib chiqarardi. Endilikda mazkur postning faoliyati to‘xtatildi.

“Bundan juda ham xursand bo‘ldik. So‘lim Shohimardon qishlog‘i hamda So‘x tumaniga borish uchun ilgari ancha ovoragarchiliklar bo‘lardi”, — deydi vodillik Nosirjon Rahimov.

Опубликовано: admin (29-12-2017, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 50) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют