» » Toshkent shahrida yil davomida korrupsiya bilan bog‘liq salkam 500 holat aniqlandi

Toshkent shahrida yil davomida korrupsiya bilan bog‘liq salkam 500 holat aniqlandi


Toshkent shahrida yil boshidan buyon pora olish yoki poraxo‘rlikda vositachilik qilish bilan bog‘liq 493 holat ro‘yxatga olindi. Bu haqda IIBB boshlig‘i o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jayev ma’lum qildi, deya xabar beradi “Gazeta.uz”.

Soxta pul tayyorlash va muomalaga chiqarish bo‘yicha 33 ta, valyutani noqonuniy sotib olish yoki muomalaga chiqarish bo‘yicha 92 holat aniqlandi.

Shahar prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i Bobir Dehqonov 29 nafar mansabdor shaxs korrupsion jinoyatlarga qo‘l urganini ma’lum qildi. Ular O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 210-(pora olish), 211-(pora berish) va 212-(poraxo‘rlikda vositachilik qilish) moddalari bo‘yicha javobgarlikka tortildi.

“Mansabdor shaxslar qatorida ichki ishlar organlari, sud qarorlarini ijro etish departamenti, notarial idoralar, o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalari, kommunal xizmatlar xodimlari mavjud”, — deya aniqlik kiritdi prokuratura vakili.

Опубликовано: admin (30-12-2017, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 34) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют