» » Panama Isroildagi o‘z elchixonasini Quddusga ko‘chirishi haqidagi xabarlarni rad etdi

Panama Isroildagi o‘z elchixonasini Quddusga ko‘chirishi haqidagi xabarlarni rad etdi


Panama hukumati o‘zining Isroildagi elchixonasini Tel-Avivdan Quddusga ko‘chirmoqchi emas. Bu haqda Panama Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.

“Panama Tashqi ishlar vazirligi Isroil davlatidagi o‘z elchixonasini Tel-Aviv shahrida qoldirishini tasdiqlaydi”, — deyiladi idoraning Twitter’dagi sahifasida qoldirilgan xabarda.

Avvalroq matbuotda Panama hukumati, Gvatemaladan so‘ng, o‘zining Isroildagi elchixonasini Tel-Avivdan Quddusga ko‘chirish masalasini o‘rganib chiqayotgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi.

24-dekabr kuni Gvatemala prezidenti Jimmi Morales mamlakatning Isroildagi elchixonasi Tel-Avivdan Quddusga ko‘chirilishini e’lon qilgan edi. Bungacha AQSh prezidenti Donald Tramp Quddusni Isroil poytaxti sifatida tan olib, o‘z mamlakatining bosh diplomatik vakolatxonasini shu shaharga ko‘chirish haqida ko‘rsatma bergan edi.

Опубликовано: admin (30-12-2017, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют