» » CNN: Amerikaliklarning 49 foizi AQSh elchixonasining Quddusga ko‘chirilishiga qarshi

CNN: Amerikaliklarning 49 foizi AQSh elchixonasining Quddusga ko‘chirilishiga qarshi


Amerikaliklarning salkam yarmi (49 foizi) AQShning Isroildagi elchixonasini Tel-Avivdan Quddusga ko‘chirish shart emas, deb hisoblaydi. CNN telekanali tomonidan o‘tkazilgan so‘rov shunday natija taqdim etdi, deya xabar bermoqda “Kommersant”.

AQSh aholisining faqat 36 foizi mamlakat prezidenti Donald Trampning Isroildagi elchixonani bir shahardan bahsli boshqa biriga ko‘chirish haqidagi qarorini qo‘llab-quvvatlagan.

Tadqiqotchilarning aniqlashicha, so‘rovnomada qatnashganlarning uchdan ikki qismi AQSh Isroil-Falastin mojarosida hech bir tomonning yonini olmasligi kerak, deb hisoblaydi.

Ayni vaqtda, AQSh nizolashayotgan bu ikki tomondan biri qo‘llab-quvvatlashi kerak deb hisoblagan amerikaliklarning 24 foizi Isroilni, atigi 2 foizi Falastinni tanladi.

Ma’lumot uchun, CNN’ning bu so‘rovnomasi 14—17-dekabr kunlari yoshi 18 dan katta 1 001 nafar amerikalik o‘rtasida o‘tkazilgan.

Eslatib o‘tamiz, 6-dekabr kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Quddusni Isroil poytaxti sifatida tan olib, mamlakatning Isroildagi elchixonasini Tel-Avivdan Quddusga ko‘chirish haqida ko‘rsatma bergan edi.

Joriy hafta esa BMT Bosh assambleyasi Quddus masalasida favqulodda yig‘ilish o‘tkazib, AQShning qarorini qoraladi. Assambleya tomonidan qabul qilingan rezolyutsiyada Quddusning mohiyati, maqomi va demografik tarkibini o‘zgartirishga qaratilgan har qanday qaror noqonuniy deb topilishi ta’kidlangan.

Опубликовано: admin (23-12-2017, 23:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 27) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют