» » O‘FF Ravshan Haydarov oldiga chempionlik vazifasini qo‘ydi. Osiyo Chempionati 10 kundan so‘ng start oladi

O‘FF Ravshan Haydarov oldiga chempionlik vazifasini qo‘ydi. Osiyo Chempionati 10 kundan so‘ng start oladi


Yana 10 kundan so‘ng 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo Chempionati start oladi. Xitoy mezbonlik qiladigan musobaqada Ravshan Haydarov boshqaruvidagi O‘zbekiston termasi ishtirok etadi.

O‘zbekistonlik futbolchilar “A” guruhida Xitoy, Qatar va Ummonga qarshi kurash olib boradi. 9-yanvar kuni Qatarga, 12-yanvar kuni Xitoyga va 15-yanvar kuni Ummonga qarshi uchrashuvlar o‘tkaziladi.

Kecha — 30-dekabr kuni Ravshan Haydarov bilan safar oldi matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Rejaga ko‘ra, jamoa 5-yanvar kuni Xitoyga jo‘nab ketdi.

Musobaqada chempion bo‘lib qaytishni rejalashtirganmiz. O‘FF rahbariyati oldimizga shunday talab qo‘ydi. Bu yo‘lda tayyorgarlik ko‘rishimiz uchun barcha imkoniyatlar yaratib berildi.

Ravshan Haydarov, O‘zbekiston U23 termasi bosh murabbiyi

Xitoydagi turnir Olimpiada o‘yinlariga yo‘llanma bermaydi. Shundan kelib chiqib, unga jiddiy munosabatda bo‘lish shartmidi, degan savol Ravshan Haydarovga yoqmadi. U Osiyo Chempionatini muhim musobaqa deb hisobladi.

Qayd etish kerak, O‘zbekiston termasi finalga qadar yetib borsa, hal qiluvchi o‘yin 27-yanvar kuni bo‘lib o‘tadi. 30-yanvar kuni esa “Nasaf” Osiyo Chempionlar Ligasining pley-off o‘yinida ishtirok etadi. 2017-yil hisobidan “Paxtakor” Qarshi klubining 6 futbolchisi bilan shartnoma tuzdi. Ravshan Haydarov esa “Nasaf”ning yana 5 futbolchisini termaga jalb qildi. Demak, “Nasaf”da tayyorgarlik uchun imkoniyat deyarli bo‘lmaydi.

Eng birinchi o‘rinda terma jamoa manfaati turadi. Men Ro‘ziqul Berdiyevga minnatdorchilik bildiraman. U nafaqat futbolchilarini og‘rinmay berdi, balki Qarshida ko‘ngildagidek yig‘in o‘tkazib olishimiz uchun ham barcha sharoitni yaratib berdi. Futbolchilari formada bo‘lmasa-da, bizga qarshi ikki o‘yin tashkil qilib berdi.

Ravshan Haydarov, O‘zbekiston U23 termasi bosh murabbiyi

Ravshan Haydarov uning o‘rnida bo‘lganida ham o‘z klubi manfaatidan, terma jamoa manfaatini ustunroq ko‘rishi haqida aytib o‘tdi. U ikki yil muqaddam Samvel Babayan boshqargan xuddi shunday jamoada ishlagan bo‘lib, yakunda terma jamoa sharmandali natija qayd etgan va guruhdan chiqa olmagandi. Buning sababini Haydarov jamoaning tarqoq bo‘lgani bilan izohladi. Hozirgi jamoasi esa unday emasligi borasida hammani ishontirdi.

Опубликовано: admin (31-12-2017, 13:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 117) ( 0) ( 116) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют