» » Delta Air Lines xodimlari aviakompaniyani yahudiylarga nisbatan dushmanona munosabat uchun sudga berdi

Delta Air Lines xodimlari aviakompaniyani yahudiylarga nisbatan dushmanona munosabat uchun sudga berdi


Amerikaning Delta Air Lines aviakompaniyasining to‘rt nafar amaldagi va sobiq xodimi Nyu-York federal okrug sudiga murojaat qilib, kompaniyani yahudiylarga nisbatan dushmanona munosabatda aybladi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Delta Air Lines isroillik hamda yahudiy millatiga mansub xodimlarining huquqlarini cheklab kelgan. Kompaniya bortkuzatuvchilaridan biri 2017-yilda yahudiy millatiga mansub ekanligi uchun ishdan bo‘shatilgan.

Yahudiy bo‘lmagan yana bir xodim esa mazkur millatga mansub erkakka imtiyozli parvozni o‘zidagi sertifikatdan foydalanib ta’minlagani uchun ishdan chetlatilganini ma’lum qildi.

Kompaniya xodim imtiyozni shunchaki tanishiga emas, balki qarindoshiga nisbatan qo‘llay olishini aytib, uning qoidani buzganligini ro‘kach qilgan. Xodimning ta’kidlashicha, bu insonni 40 yildan beri biladi. Ayol kompaniyaning e’tirozini yahudiylarga nisbatan dushmanona munosabat deb atagan.

Da’vogarlar avikompaniyaning kompensatsiya to‘lashini va nohaq bo‘shatilgan ishchi qayta ishga olinishini talab qilmoqda.

Delta Air Lines vakillari esa inson huquqlari poymol qilinishiga qarshi ekanligini bildirgan.

Опубликовано: admin (3-01-2018, 16:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 112) ( 0) ( 111) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют