» » Reuters: Nigeriyadagi masjid portlashi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi

Reuters: Nigeriyadagi masjid portlashi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi


3-yanvar kuni Nigeriya shimoli-sharqidagi masjidga uyushtirilgan terrorchilik hujumi oqibatida kamida 11 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Reuters guvohlar so‘zlariga tayanib ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

“Xudkush terrorchi bomdod namozi chog‘ida Borno shtati Gamboru shahridagi masjidga kirib oldi, — dedi jabrlanganlarga yordam ko‘rsatgan guvohlardan biri. — Namozga ketayotganimda masjid ichidan qattiq portlash ovozini eshitdim”.

“Masjid vayron bo‘ldi va yonib ketdi, — deya qo‘shib qo‘ydi u. — Bir necha soatdan so‘ng odamlarni evakuatsiya qilish uchun kelganimizda 11 kishining, terrorchi bilan birga — 12 kishining jasadini topdik”.

Nigeriya hududida faoliyat olib boruvchi ekstremistik guruhlarning hech biri hujum uchun javobgarlikni o‘z bo‘yniga olganicha yo‘q.

Hujumni amalga oshirishda “Boko Haram” guruhi qo‘li borligi taxmin qilinmoqda.

Опубликовано: admin (4-01-2018, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 123) ( 0) ( 121) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют