» » Qarshi aeroportida 18 yoshli qizning telefonida o‘zining behayo videolari borligi aniqlandi

Qarshi aeroportida 18 yoshli qizning telefonida o‘zining behayo videolari borligi aniqlandi


“Moskva—Qarshi” yo‘nalishidagi 624-sonli aviareys bilan Qarshi xalqaro aeroportiga qo‘ngan samolyot yo‘lovchilaridan biri — Olga Bogdasarovaning yuklari bojxona nazoratidan o‘tkazilganida uning Samsung telefoni xotirasida O‘zbekiston hududiga olib kirilishi taqiqlangan 134 dona pornografik mazmundagi videolar borligi aniqlandi, deb xabar berdi Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi matbuot xizmati.

Shuningdek, telefondan Qarshi shahar 1-mikrorayonida istiqomat qiluvchi 18 yoshli fuqaro Olga Bogdasarova (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) o‘zining behayo xatti-harakatlarini yillar davomida tasvirga olib, saqlab kelayotgan bir nechta videolari ham topilgan.

Yakunda tegishli sud idorasining qaroriga ko‘ra, yuqoridagi huquqbuzarlik holatlarini sodir etgan fuqaro Olga Bogdasarovaga nisbatan jarima jazosi belgilandi. Huquqbuzarlik ashyosi hisoblangan telefon apparati davlat egaligiga o‘tkazildi hamda uning xotirasidagi behayo lavhalar belgilangan tartibda yo‘q qilinishi ta’minlandi.

Опубликовано: admin (4-01-2018, 12:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 31) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют