» » “Qarshi” xalqaro aeroportida pornografik mazmundagi materiallarni O‘zbekistonga olib kirishning oldi olindi

“Qarshi” xalqaro aeroportida pornografik mazmundagi materiallarni O‘zbekistonga olib kirishning oldi olindi


Kosonlik G‘aybulla Beknazarov (ism-shariflar shartli) “Moskva—Qarshi” yo‘nalishidagi parvozini yakunlagach, “Qarshi” xalqaro aeroportida bojxonachilar tomonidan unga tegishli yuklar o‘rnatilgan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi. Bu haqda “Daryo”ga Qashqadaryo viloyat bojxona boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda. 

Ushbu jarayonda unga tegishi 2 dona qo‘l telefoni xotirasida 141 dona pornografik mazmundagi audio va video materiallar, 100 dan ziyod fotosuratlar borligi aniqlandi. Aniqlangan behayo materiallar ichida voyaga yetmagan bolakaylar tasvirlangan videolavhalar ham bor edi.

Shuningdek, aynan shu reys bilan O‘zbekistonga kirib kelgan yana bir kosonlik — Ozod To‘ychiyevning yuklari ham bojxona nazoratidan o‘tkazilganda, uning qo‘l telefon xotirasidan mamlakatga olib kirilishi taqiqlangan hamda yuqoridagi singari voyaga yetmagan shaxslar tavsiflangan 79 dona pornografik mazmundagi videolavhalar borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur qonunbuzarlik holatlari yuzasidan ushbu fuqarolarga nisbatan Jinoyat kodeksining 130-moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qashqadaryo viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida joriy yilning birinchi choragida 28 ta holatda 1,7 mingdan ortiq pornografik mazmundagi materiallarning bojxona chegaralari orqali mamlakatga olib kirilishining oldi olindi. Huquqbuzarliklarni sodir etgan fuqarolarga nisbatan 26 ta ma’muriy hamda 2 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. 

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (5-05-2017, 14:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 129) ( 0) ( 127) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют