» » Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi 3 oyda 90 ga yaqin kontrabandani fosh qildi

Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi 3 oyda 90 ga yaqin kontrabandani fosh qildi


Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar vakillari bilan hamkorlikda 90 ga yaqin kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishi holati aniqlangan bo‘lib, natijada qiymati salkam 320 million so‘mlik tovar-moddiy boyliklarining noqonuniy olib o‘tilishi oldi olindi. Bu haqda Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi Bojxona tekshiruvlari va surishtiruv bo‘limi bosh inspektori T.Fayziyev “Daryo”ga ma’lum qildi.

2017-yil 17-yanvar kuni Qozog‘iston Respublikasidan O‘zbekiston Respublikasiga o‘tish maqsadida “Sirdaryo” chegara bojxona postiga piyoda kirib kelgan Qozog‘iston Respublikasi fuqarosi L.Janasovga (ismi sharifi o‘zgartirilgan) tegishli, muqaddam foydalanishda bo‘lgan iPhone 5S rusumli telefon apparati xolislar ishtirokida bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda, telefon apparatining xotirasida ikki dona shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi videolavha, shuningdek, to‘qqizta behayo va pornografik mazmundagi hamda besh dona diniy mazmundagi videolavha borligi aniqlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining 2017-yil 20-yanvardagi BK-024-sonli ekspertlik xulosasiga ko‘ra, ushbu telefon apparati xotirasidagi shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi videolavhalardagi ma’lumotlar IShID diniy ekstremistik tashkilotiga tegishli bo‘lib, ularda diniy adovatni targ‘ib qiluvchi g‘oyalarning mavjudligi ma’lum bo‘lgan.

Ushbu holat yuzasidan fuqaro L.Janasovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 246-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tegishliligi bo‘yicha sud idoralariga yuborilgan.

Sodir etilayotgan bu kabi huquqbuzarlik holatlarni oldini olish borasida Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan tuman, shahar hokimliklari bilan va mahalla fuqarolari yig‘inlarining mutasaddi rahbarlari bilan hamkorlikda uchrashuvlar tashkil qilinib, targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (3-04-2017, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 43) ( 0) ( 42) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют