» » Pensiyasini to‘liq oladigan nafaqaxo‘rlar doirasi kengaytirildi

Pensiyasini to‘liq oladigan nafaqaxo‘rlar doirasi kengaytirildi


Faxriy unvonlarga ega mehnat faoliyatini davom ettirayotgan pensionerlar endilikda nafaqa pulini to‘liq miqdorda oladi. Bu O‘zbekiston Prezidentining 2017-yil 28-dekabrdagi “Mehnat faoliyatini olib borayotgan pensionerlarning ayrim toifalariga qulay shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonida ko‘zda tutilgan, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.

Shuningdek, mehnat shartnomasi asosida faoliyat yurituvchi va ilm-fan, adabiyot va san’at sohalarida ijodiy ishlari uchun qalam haqi (gonorar) ko‘rinishida daromad oluvchi pensionerlar ham nafaqa pullarini to‘liq hajmda oladi.

Farmon bilan tekshirishlar natijasida aniqlangan 65 yosh va undan katta fuqarolar uchun hamda 2010-yilgacha tayinlangan pensiya va nafaqalar bo‘yicha ortiqcha to‘langan summa hisobdan chiqarildi.

Hujjatda pensioner tuman budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasining ortiqcha to‘langan pensiya va nafaqalar summasini ushlab qolish haqidagi qaroridan norozi bo‘lgan taqdirda ortiqcha to‘langan summani (aniqlangan paytdan boshlab uch yildan oshiq bo‘lmagan muddat uchun) sud tartibida undirish tartibi joriy etildi.

Pensiya jamg‘armasining hududiy bo‘limlari qonunchilikda ko‘zda tutilgan asoslar bo‘lgan taqdirda ish stajini tasdiqlash uchun sudlarga da’vo arizasini tayyorlashda ko‘mak ko‘rsatadi.

Опубликовано: admin (4-01-2018, 16:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 86) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют