» » O‘FF prezidenti Umid Ahmadjonov har bir viloyat hokimi bilan shaxsan uchrashadi. Ilk safar Jizzaxdan boshlanadi

O‘FF prezidenti Umid Ahmadjonov har bir viloyat hokimi bilan shaxsan uchrashadi. Ilk safar Jizzaxdan boshlanadi


O‘zbekiston futbol federatsiyasidagi mavjud bo‘limlar viloyat futbol federatsiyalarida ham bo‘lishi shart. Tashkilot prezidenti Umid Ahmadjonov har bir viloyat hokimlari bilan alohida ko‘rishib, shu masala yuzasidan fikr almashadi.

Mazkur ish yuzasidan O‘FF delegatsiyasi 12 ta viloyat va Qoraqalpog‘istonda islohot ishlarini olib borishi rejalashtirilgan. Umid Ahmadjonovga qadar O‘FF qoshidagi har bir bo‘lim rahbari viloyat futbol federatsiyasiga tashrif buyuradi va uning ichida shu kabi bo‘lim faoliyat boshlashi uchun zamin hozirlaydi. Bunda O‘FF mutaxassislari viloyat futbol federatsiyasi mutaxassislariga kerakli ko‘rsatmalarni beradi, shu vaqtga qadar yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni aniqlaydi.

Shuningdek, alohida komissiya viloyat futbol federatsiyalarining ishini va ular qanday vazifalarni bajarayotganini to‘liq o‘rganib chiqadi. Ish faqatgina federatsiyalar bilan yakuniga yetmay, viloyatdagi mavjud stadionlar, bolalar futbol maktablari va futbolga aloqador boshqa ob’ektlar zimdan tekshiriladi. Ish quyidagicha taqsimlanadi:

Sir emaski, viloyat hokimi bir vaqtning o‘zida shu viloyat futbol federatsiyasining prezidenti ham hisoblanadi. Shundan kelib chiqib, Umid Ahmadjonov komissiya xulosasi asosida viloyat hokimlari bilan shaxsan suxbatlashadi va futbolni ko‘tarish borasida fikr almashadi.

Rejaga ko‘ra, O‘FF delegatsiyasining ilk safari Jizzaxdan boshlanadi. Bugun — 4-yanvar kuni uning bir qismi safarga jo‘nab ketgan bo‘lsa, ertaga tashkilot prezidenti Jizzaxga yetib boradi.

Опубликовано: admin (4-01-2018, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют