» » Qibrayda bolalar tagliklari zavodi butkul yonib ketdi (video)

Qibrayda bolalar tagliklari zavodi butkul yonib ketdi (video)


Toshkent viloyatining Qibray tumani, Baytqo‘rg‘on posyolkasida joylashgan bolalar tagliklari (pamperslar) zavodida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda “Nuz.uz” xabar bermoqda.

Zavod Sof Gigienik kompaniyasiga tegishli bo‘lib, bu yerda Jonny Baby savdo belgisi ostida mahsulotlar tayyorlangan.

Viloyat IIB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasiga ko‘ra, hodisa haqida 4-yanvar kuni soat 06:27 da xabar berilgan. 2-3 daqiqadan so‘ng bir necha o‘t o‘chirish brigadasi voqea joyiga yetib keldi. Yong‘inni bartaraf etishda jami 14 ta brigada ishladi.

Olov 700 kvadrat metrdan oshiq maydonni qamrab oldi. Hodisada hech kim jabrlanmagani bildirilmoqda. Hozirda yong‘in sabablariga aniqlik kiritilmoqda.

Опубликовано: admin (5-01-2018, 08:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют