» » “Abu Saxiy”ning nomi “Toshkent ipak yo‘li”ga o‘zgargani haqidagi ilk rasmiy ma’lumotni Prezident matbuot xizmati berdi

“Abu Saxiy”ning nomi “Toshkent ipak yo‘li”ga o‘zgargani haqidagi ilk rasmiy ma’lumotni Prezident matbuot xizmati berdi


Dekabr oyi o‘rtalarida (17—18-dekabr kunlari) Toshkentdagi eng yirik buyum bozorlaridan biri — “Abu Saxiy”ning nomi o‘zgarayotgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Bunga bozorning turli kirish joylaridagi peshlavhalardan “Abu Saxiy” yozuvi olib tashlangani sabab bo‘ldi.

Dastlabki xabarlarda bozor “Buyuk Ipak yo‘li” yoki “Toshkent ipak yo‘li” deb yangidan nomlanishi aytilgan, biroq bu xabarlar rasman tasdiqlanmagan edi. “Kun.uz” nashri o‘z manbasiga asoslanib, “kompaniyaning yangi nomdagi hujjatlari tegishli idoralarda ro‘yxatdan o‘tishi bilan, ommaga e’lon qilinishi” haqida xabar bergan edi.

22-dekabr kuni “Daryo” muxbiri “Abu Saxiy”da bo‘lib, bozor ma’muriyati vakillari bilan uchrashdi. Ma’muriyat vakili bozorning nomi haqiqatan o‘zgargani va endi u “Toshkent savdo markazi” deb atalishini ma’lum qilgan, bozorning nomida “ipak yo‘li” birikmasi bo‘lishi mumkinligi haqidagi xabarlarni tasdiqlamagan. Shu kuni bozorning faqat bitta kirish joyida “Toshkent savdo markazi” yozuvini ko‘rish mumkin edi — qolgan joylarga faqat “savdo markazi” jumlasi o‘rnatilgandi.

5-yanvar kuni bozorning nomi o‘zgargani ilk bor rasman ma’lum qilindi — O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati sobiq “Abu Saxiy” mas’uliyati cheklangan jamiyati “Toshkent ipak yo‘li” majmuasiga aylantirilganini e’lon qildi.

Qayd etish joiz, 5-yanvar kuni ham bozor darvozalarida “Toshkent ipak yo‘li” emas, balki “Toshkent savdo markazi” yozuvlarini ko‘rish mumkin edi. Facebook’dagi “Potrebitel.uz” guruhi foydalanuvchilari taxminiga ko‘ra, bu mashhur bozor, nomi qanday o‘zgarishidan qat’i nazar, xalq orasida hali yana ko‘p yillar davomida “Abu Saxiy” deb atalaveradi.

Опубликовано: admin (5-01-2018, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют