» » Toshkentdagi “Abu Saxiy” bozorida avtobusdan 23 mln so‘m o‘g‘irlandi

Toshkentdagi “Abu Saxiy” bozorida avtobusdan 23 mln so‘m o‘g‘irlandi


Toshkentning Chilonzor tumani hududida joylashgan “Abu Saxiy” avtoshohbekatida qarovsiz qoldirilgan avtobusdan 22-oktabr kuni 23,3 mln so‘m miqdoridagi pul o‘g‘irlandi. Bu haqda shahar IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, noma’lum shaxs Mercedes-Benz 0202D rusumli avtobusning qarovsiz qoldirilganidan foydalanib, uning eshigini ochgan va ichidan 23 312 000 so‘m miqdoridagi pulni o‘g‘irlagan.

Tezkor qidiruv ishlari natijasida mazkur o‘g‘rilik holati muqaddam sudlangan Laziz Narzullayev tomonidan amalga oshirilgani aniqlangan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “b” bandi (o‘g‘irlik, ya’ni ancha miqdorda, o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan.

“Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda”, — deyiladi IIBB axborotida.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (26-10-2017, 19:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 91) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют