» » Mirzo Ulug‘bek tumanidagi firmaning seyfidan 9 mln so‘mlik mulk va 11 mln so‘m pul o‘g‘irlandi

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi firmaning seyfidan 9 mln so‘mlik mulk va 11 mln so‘m pul o‘g‘irlandi


Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida 3-oktabrga o‘tar kechasi firmalardan birining binosiga uning oynalarini sindirish yo‘li bilan kirilib, mol-mulk va ko‘p miqdorda pul o‘g‘irlangan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Jinoyatchilar binodagi temir seyfni buzib, undagi jami bahosi 9 120 000 so‘mlik mol-mulk hamda 800 AQSh dollari va 11 350 000 so‘m pulni o‘g‘irlagan.

Olib borilgan tergov-tezkor tadbirlar natijasida mazkur jinoyatni Azimjon Mirzajonov, Doniyorbek Tajetdinov va Aleksey Solodov sodir etganligi aniqlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (o‘g‘irlik, ya’ni xonaga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, gumonlanuvchilarning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (8-10-2017, 14:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют