» » Mirzo Ulug‘bek tumanidagi xonadondan 12 000 dollar pul va 8 300 dollarlik zargarlik buyumlarini o‘g‘irlagan to‘rt kishi aniqlandi

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi xonadondan 12 000 dollar pul va 8 300 dollarlik zargarlik buyumlarini o‘g‘irlagan to‘rt kishi aniqlandi


Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida 9-avgust kuni tongda yuz bergan katta miqdordagi o‘g‘rilik holatini sodir etganlikda gumon qilinayotganlar shaxsi ma’lum qilindi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, 9-avgust kuni soat taxminan 9:30 da Mirzo Ulug‘bek tumani hududidagi xonadon eshigi qulfi kalit tanlash yo‘li bilan ochilib, uydan 12 ming dollar miqdoridagi pul hamda qiymati 8 300 dollar bo‘lgan zargarlik buyumlari o‘g‘irlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi (“o‘g‘irlik, ya’ni uy-joyga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, juda ko‘p miqdorda, o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish”) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tezkor tadbirlar natijasida, mazkur jinoyatni to‘rt kishi sodir etgani aniqlangan. Ularning shaxsi IIBB saytida ma’lum qilingan.

“Hozirda tergov davom etmoqda, gumonlanuvchilarning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda”, — deyiladi IIBB axborotida.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (6-10-2017, 09:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют