» » Saudiya Arabistoni Yamandan uchirilgan raketani to‘xtatib qoldi

Saudiya Arabistoni Yamandan uchirilgan raketani to‘xtatib qoldi


Saudiya Arabistoni boshchiligidagi arab koalitsiyasi Yaman chegarasi yaqinida ballistik raketanig muvaffaqiyatli to‘xtatib qolinganini ma’lum qildi, deb xabar beradi “Interfaks”.

Avvalroq isyonchi-xusiylar Saudiyaning janubi-sharqida joylashgan Najran viloyati raketalar yordamida o‘qqa tutilishi boshlangani haqida ma’lum qilgan edi.

O‘tgan yilning 25-dekabr kuni xusiylar Yaman poytaxti Sano yaqinidagi istehkomidan jangovar raketani muvaffaqiyatsiz uchirgan edi.

19-dekabr kuni Saudiya Arabistoni boshchiligidagi arab koalitsiyasi Yaman tomondan ar-Riyodga uchirilgan ballistik raketaning muvaffaqiyatli ravishda to‘xtatib qolinganini ma’lum qilgan edi.

Bundan tashqari, 4-noyabr kuni Yaman hududidan ar-Riyod aeroporti tomonga uchirilgan raketa ham to‘xtatib qolingan edi.

Опубликовано: admin (5-01-2018, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 102) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют