» » Xalqaro press klub Turkiyaning eng yirik axborot agentligi — Anadolu bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi

Xalqaro press klub Turkiyaning eng yirik axborot agentligi — Anadolu bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi


Xalqaro Press-klub Turkiyaning eng nufuzli axborot agentligi – Anadolu bilan hamkorlikni muhokama qildi, deb xabar berdi O‘zA.

Shu kunlarda Xalqaro Press-klub raisi Sherzod Qudratxo‘jayev Anqara shahrida ushbu agentlik bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqda. Muzokaralardan asosiy maqsad – O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan yangi bosqichdagi tarixiy islohotlarni yanada kengroq yoritish, xalqaro miqyosdagi ommaviy axborot vositalari va Xalqaro Press-klub o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirishdan iborat.

Anadolu – Turkiyadagi birinchi va eng yirik hamda keng auditoriyaga ega axborot agentligidir. 1920-yilda prezident Kamol Otaturk tashabbusi bilan ochilgan agentlik Anqara shahrida joylashgan bo‘lib, uning butun dunyoda 36 ta muxbirlik punktlari faoliyat yuritmoqda. Agentlikning yangiliklari 11 tilda – turk, ingliz, fransuz, arab, rus, alban, bosniya, kurd, makedon hamda fors tillarida chop etiladi. Anadolu agentligi Fransiyaning eng yirik axborot agentligi – Agence France-Presse, dunyodagi eng katta fotobank – Getty Images kabi tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.

Uchrashuv davomida Anadolu agentligi vakillari O‘zbekistonda ko‘plab o‘zgarishlar bo‘layotganidan xabardor ekanliklari, Prezident Shavkat Mirziyoyevning faoliyati, tashabbuslari O‘zbekistonda juda ko‘p yangiliklar oqimini yuzaga keltirayotganini ta’kidladilar. O‘zbekistondagi islohotlar dunyo hamjamiyatning qiziqishini orttirayotgan bir paytda turk ommaviy axborot vositalari nafaqat davlat, balki nodavlat media-manbalar orqali ham O‘zbekistondagi yangiliklar haqida yanada ko‘proq ma’lumot olish istagi borligi qayd etildi. Chunki shaffof va ochiq axborotga ega mamlakatga investitsiya oqimi ko‘payadi. Demak, axborot olamida yanada kengroq hamkorlik qilish turkiyalik investorlarni O‘zbekistonga bo‘lgan qiziqishini orttiradi.

“O‘zbekistonda media-turlarda ishtirok etish, Shavkat Mirziyoyev olib borayotgan Harakatlar strategiyasi va amalga oshirilayotgan islohotlarni yoritish va albatta Buxoro, Samarqand, Toshkent kabi ko‘hna shaharlarni ko‘rish biz uchun katta sharaf”, — dedi agentlikning tillar bo‘yicha bosh muharriri Mehmet O‘zturk.

Xalqaro press-klub va Anadolu agentligi o‘rtasidagi muloqotlar “xalq diplomatiyasining” uzviy qismi sifatida O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi barcha sohalardagi aloqalar rivojiga o‘z xissasini qo‘shadi.

Опубликовано: admin (6-01-2018, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 107) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют