» » Shavkat Mirziyoyev: Toshkent viloyatida qancha pedagogga ehtiyoj bo‘lsa, Chirchiqda shuncha odamni o‘qitamiz

Shavkat Mirziyoyev: Toshkent viloyatida qancha pedagogga ehtiyoj bo‘lsa, Chirchiqda shuncha odamni o‘qitamiz


Chirchiq shahridagi pedagogika oliygohi Toshkent viloyatidagi kadrlarga bo‘lgan ehtiyojdan kelib chiqib talabgorlarni o‘qishga qabul qiladi.

Bu haqda, “Xabar.uz”ning xabar berishicha, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ma’lum qilgan.

Prezidentning ta’kidlashicha, agar zarurat tug‘ilsa, kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni qondirish maqsadida tezkor oliy ma’lumot berish bo‘yicha dasturlar ham ishlab chiqiladi.

Viloyatda qancha kadrga ehtiyoj bo‘lsa, Chirchiqdagi institutga shuncha odam qabul qilinadi. Toshkent viloyatiga qancha pedagog kerak bo‘lsa, shuncha odamni o‘qitamiz. Kerak bo‘lsa, tezlik bilan oliy ma’lumot beradigan dastur ishlab chiqiladi.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 27-iyundagi qaroriga muvofiq, Toshkent viloyatida Chirchiq davlat pedagogika instituti tashkil etilgan edi. Tasdiqlangan kvota bo‘yicha, mazkur oliygoh 2017-yilda jami 20 yo‘nalishda 750 talabani o‘qishga qabul qildi.

Опубликовано: admin (6-01-2018, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют