» » Eronda hukumatni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan namoyishlar ikkinchi kun davom etmoqda

Eronda hukumatni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan namoyishlar ikkinchi kun davom etmoqda


Eronda amaldagi hukumatni qo‘llab-quvvatlovchi va yaqinda bo‘lib o‘tgan norozilik aksiyalarini qoralovchi tinch namoyishlar ikkinchi kundirki davom etmoqda. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Eronning Press TV telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, namoyishlarda bir necha ming kishi qatnashmoqda. Namoyishlar butun mamlakat bo‘ylab — shimoldagi Tehron va Semnon, janubdagi Kirmon va g‘arbdagi Elom viloyatlarida o‘tkazilmoqda.

Avvalroq IRNA agentligi mamlakatning amaldagi rahbariyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan namoyishlar juma namozidan so‘ng boshlangani, Tehron viloyatidagi Ray, Damavand, Shahriyor, Pakdasht, Rabotkarim shaharlarida davom etayotgani haqida xabar bergan edi.

Mazkur tinch namoyish ishtirokchilarining fikricha, yaqinda butun Eronni qamrab olgan norozilik chiqishlari aslida “mamlakat dushmanlari” tomonidan uyushtirilgan edi. Agentlikning qayd etishicha, namoyish qatnashchilar “AQSh malaylari — sharmanda”, “Korrupsionerlar jazosini olsin” kabi shiorlarni ko‘tarib chiqqan.

Опубликовано: admin (6-01-2018, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют