» » 2018-yilda Toshkent viloyatida 300 ta zamonaviy bolalar bog‘chasi quriladi

2018-yilda Toshkent viloyatida 300 ta zamonaviy bolalar bog‘chasi quriladi


5-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev viloyatdagi maktabgacha ta’lim muassasalarining ahvoli, bu borada qilinishi lozim bo‘lgan ishlarga to‘xtalib o‘tdi, deb yozadi “Xabar.uz”.

“Toshkent viloyatida 2018-yili 300 ta zamonaviy bolalar bog‘chasi quriladi”, dedi O‘zbekiston rahbari.

Nashr eslatishicha, Shavkat Mirziyoyev 2017-yilning 22-dekabridagi parlamentga murojaatida bolalar tarbiyasida eng asosiy bo‘g‘in hisoblangan maktabgacha ta’lim tizimining jamiyat hayotidagi katta o‘rni va ahamiyatini e’tiborga olib, Maktabgacha ta’lim vazirligini tashkil etilgani, bu sohaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, jumladan, yaqin 3—4 yilda barcha hududlarda minglab yangi bog‘chalar qurish, ta’lim-tarbiya sifati va darajasini yangi bosqichga ko‘tarish lozimligini ta’kidlagan edi.

Опубликовано: admin (7-01-2018, 09:14)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 119) ( 0) ( 116) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют