» » Toshkentda favqulodda xizmatlar xodimlari liftda qolib ketgan fuqarolarni qutqardi

Toshkentda favqulodda xizmatlar xodimlari liftda qolib ketgan fuqarolarni qutqardi


5-yanvar kuni favqulodda xizmatlar xodimlari poytaxtda liftda qolib ketgan fuqarolarni qutqardi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarnomada aytilishicha, 5-yanvar kuni soat 05:06 da Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmasi navbatchi dispetcheriga Sergeli tumani uy-joy mulkdorlari shirkati uyushmasi raisi L.N. Yugay qo‘ng‘iroq qilib, texnik nosozliklar tufayli Sergeli-5 dahasidagi ko‘p qavatli uyning lifti to‘xtab qolgani, lift ichida esa besh nafar kishi qolib ketganligi va yordamga muhtojligini ma’lum qiladi.

Qutqaruvchilar zudlik bilan aytilgan manzilga etib borib, 3 va 4-qavatlar orasida to‘xtab qolgan lift ichidan fuqarolarni chiqarib oldi.

Qutqaruvchilarning o‘z vaqtida ko‘rsatgan yordami natijasida hech kim jabrlanmadi.

Опубликовано: admin (7-01-2018, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют