» » Dubayda suzib yuruvchi uy cho‘kib ketdi

Dubayda suzib yuruvchi uy cho‘kib ketdi


Burj al-Arab mehmonxonasi oldida suzib yuruvchi uy cho‘kib ketdi. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmadi, deb yozadi UAEInside.

“Hodisa haqida xabar topganimizdan so‘ng voqea joyiga shoshildik va sakkiz daqiqada u yerga yetib keldik. To‘lqinlar 6—8 fut balandlikda edi. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmadi”, — dedi Qidiruv va qutqaruv departamenti direktori o‘rinbosari, podpolkovnik Ahmad Atik Burqiba. U uy ichida va atrofida hech kim bo‘lmaganligini qo‘shimcha qildi.

The Heart of Europe yaratuvchisi Kleindienst Group kompaniyasi quyidagi bayonot bilan chiqish qildi:

“Kleindienst guruhi Sea Dubai tadbiri bir qismi sifatida qo‘llanuvchi suzib yuruvchi platforma kuchli to‘lqinlar ostida qolib, cho‘kib ketganligini tasdiqlaydi”.

Hozirgi paytda platformani tiklash jarayoni ketmoqda.

Опубликовано: admin (7-01-2018, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 26) ( 0) ( 24) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют