» » Video: Nyu-Yorkka yo‘l olgan kruiz kemasi qishki bo‘ronga uchradi

Video: Nyu-Yorkka yo‘l olgan kruiz kemasi qishki bo‘ronga uchradi


Norwegian Cruise Line kruiz kemasi yo‘lovchilarga kutilmagan sarguzasht uyushtirib, AQSh shimoli-sharqida sodir bo‘layotgan qishki siklonga duch keldi, deb xabar berdi Forum Daily.

Kema Nyu-Yorkdagi portga yetib kelguniga qadar ulkan to‘lqinlar, kuchli shamol va yomg‘ir domida uch kun suzishga majbur bo‘ldi.

Ko‘plab sayohatchilar kemada sodir bo‘lgan bo‘ronli vaziyatlarni tasvirga olgan.

#BOMBCYLONE at sea aboard the #NCLbreakaway pic.twitter.com/o2T4s7iv5M

— Christina Mendez (@christinamendez) January 4, 2018

Yo‘lovchilar kuchli qor, shamol va yomg‘ir tufayli kayutasidan tashqariga chiqa olmagan, suv hatto yuqori palubadan o‘tib ularning xonasiga qadar kirib kelgan.

Sayohatchilarning so‘zlariga ko‘ra, kemadagi ko‘plab odamlar vahimaga tushib qolgan, ayrimlar esa yig‘lashga tushgan.

“Okeanning o‘rtasida kemada ketmoqdasiz, zina va poldan esa suv oqmoqda, hammasi yomon tugashi kutilmoqda. Bu hayotimda sodir bo‘lgan eng yomon holat”, — deya tan oladi yo‘lovchilardan biri Kerolayn Ross.

Опубликовано: admin (8-01-2018, 16:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 46) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют