» » 20-yanvar kuni Termizga Afg‘onistondan yuzga yaqin talaba tashrif buyuradi

20-yanvar kuni Termizga Afg‘onistondan yuzga yaqin talaba tashrif buyuradi


20-yanvar kuni Surxondaryo viloyatining Termiz tumaniga Afg‘onistondan yuzga yaqin talaba tashrif buyuradi. Ular bu yerdagi Afg‘oniston fuqarolariga mo‘ljallangan o‘quv markazida tahsil oladi, deb xabar beradi Uz24.

O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qoshidagi Afg‘oniston fuqarolariga mo‘ljallangan o‘quv markazi Vazirlar Mahkamasining o‘tgan yil 13-noyabridagi qaroriga binoan tashkil etilgan. Markaz oliy, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi dasturlari bo‘yicha kadrlar tayyorlaydi, shuningdek, gumanitar, pedagogik va muhandislik-texnik yo‘nalishlar bo‘yicha malaka oshirish va qayta tayyorlash ishlarini amalga oshiradi.

Eslatib o‘tamiz, 10-yanvar kuni O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatilla Irgashev boshchiligidagi delegatsiya Afg‘onistonga 25 ta avtobus va uchta traktor sovg‘a qilishga bag‘ishlangan tadbirda ishtirok etish uchun Xayraton shahriga borgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-01-2018, 00:54)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют