» » Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning qizi Facebook’da tanlov e’lon qildi

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning qizi Facebook’da tanlov e’lon qildi


Facebook ijtimoiy tarmog‘ida Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning qizi Shayxa Odinaxon Muhammad Yusuf tanlov e’lon qildi.

“Maslahat.uz” guruhiga joylangan e’londa shunday deyiladi:

“Mustaqil O‘zbekistonning birinchi muftiysi, ko‘plab xalqaro ilmiy muassasalar, diniy tashkilotlarning a’zosi, o‘zbekzabon xalqlarning diniy rahnamosi,islom dunyosining yirik olimi, mashhur ulamo, yetuk alloma, mujaddid, mufassir, muhaddis, faqih, mutafakkir, murshid, zohid, o‘z zamonasida islom olamining yirik namoyandasi, ulkan arbob Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf qizlari Shayxa Odinaxon Muhammad Yusuf siz azizlarga o‘z bebaho kitoblarini tuhfa etadilar!”

“Islom tarixi” kitobining 1—2-jildlarini mukofot sifatida qo‘lga kiritish uchun keltirilgan bayt kimning qalamiga mansub ekanligini topish va sharhlab berish lozim.

Ilm tadqiq qilish uchun tunimni bedor o‘tkazishim men uchun bir go‘zalning vasli, issiq quchog‘idan lazzatliroq.

Qalamimning sahifa ustida g‘ichirlashi davko va ushshoq (maqomlari)dan ham yoqimliroqdir.

Qizning do‘mbirani chertgandagi ovozidan ko‘ra varaqlarim ustidagi qumni olib tashlash uchun chertganim lazzatliroq.

Darsda bir chigallikni yechish uchun tebranishim (chayqalishim) soqiyning sharobidan ham lazzatliroqdir.

Qorong‘i tunni men bedor o‘tkazaman, sen uxlab o‘tkazasan-da, yana menga yetib olishni orzu qilasan.

Eng yaxshi izohni Shayxa Odinaxon Muhammad Yusufning o‘zi shaxsan tanlab olishi aytilgan. Tanlov 18-yanvar kuni soat 17:00 da yakunlanadi.

Eslatib o‘tamiz, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahullohning 2 jildli “Islom tarixi” kitobining taqdimot marosimi o‘tgan yil noyabrida bo‘lib o‘tgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-01-2018, 08:44)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют