» » AQSh Davlat departamenti borish xavfli bo‘lgan mamlakatlar ro‘yxatini tuzdi. O‘zbekiston eng xavfsiz mamlakatlar guruhida

AQSh Davlat departamenti borish xavfli bo‘lgan mamlakatlar ro‘yxatini tuzdi. O‘zbekiston eng xavfsiz mamlakatlar guruhida


AQSh Davlat departamenti amerikalik sayohatchilar uchun yangilangan sayyohlik tavsiyalarini e’lon qildi, deb yozadi “Nuz.uz”. Barcha mamlakatlar endi to‘rt darajali xavfsizlik sxemasi bo‘yicha tartib bilan joylashdi. Birinchi guruhga borish eng xavfsiz bo‘lgan mamlakatlar, to‘rtinchisiga esa sayohat qilish mutlaqo tavsiya etilmaydigan mamlakatlar kiradi.

O‘zbekistonni Davlat departamenti Amerika fuqarolari uchun hech qanday xavf tug‘dirmaydigan eng xavfsiz mamlakatlardan iborat birinchi guruhga kiritdi.

Ukraina ikkinchi guruhga kirdi: bu yerda, tashqi siyosiy idora ogohlantirishicha, AQShlik sayyohlar jinoyatchilik va fuqarolar noroziliklari tufayli og‘ir ahvolga tushib qolishi mumkin.

Qator Yevropa mamlakatlari, shu jumladan Fransiya va Buyuk Britaniya ham teraktlar xavfi tufayli ikkinchi guruhga kiritildi.

Rossiya teraktlar va mahalliy aholi, mansabdorlar, huquq-tartibot organlari tomonidan tajovuzkorlik xavflari tufayli uchinchi guruhga tushib qoldi.

Afg‘onistonda esa — xavfning to‘rtinchi darajasi. Jinoyatchilik, terrorizm, fuqarolar va harbiy nizolarning yuqori darajasi sababli u yerga borish tavsiya qilinmaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-01-2018, 09:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют