» » AQSh razvedkasi Argentinaning yo‘qolgan suvosti kemasi juda tez halokatga uchraganligini ma’lum qildi

AQSh razvedkasi Argentinaning yo‘qolgan suvosti kemasi juda tez halokatga uchraganligini ma’lum qildi


Argentinaning noyabr oyi o‘rtasida g‘oyib bo‘lgan “San-Xuan” suvosti kemasi portlash oqibatida 40 millisoniya ichida to‘liq vayron bo‘lgan. Bu haqda AQSh harbiy-dengiz razvedka boshqarmasi (ONI) hisobotida ma’lum qilindi, deb yozadi “Kommersant”.

Amerika razvedkasi taxminiy xulosalariga ko‘ra, trotil ekvivalentida taxminan olti tonnaga teng bo‘lgan portlash 1 275 fut (389 metr atrofida) chuqurlikda yuz bergan. 0,04 soniya vaqt oralig‘i hodisalarni anglab yetish uchun talab qilinadigan vaqtdan ikki barobar kam ekanligi sababli ONI argentinalik dengizchilar juda tez va qiynalmasdan halok bo‘lganligini xulosa qiladi. Hujjatda, shuningdek, suvosti kemasi bo‘laklari soatiga 18,5 dan 20 kilometrgacha tezlikda cho‘kib ketganligi ma’lum qilinadi.

Keyinroq ONI vakili hisobot boshqarmaning sobiq tahlilchisi tomonidan yozilganligini bildirdi. U, shuningdek, AQSh Harbiy-dengiz kuchlarining hisobotga aloqasi yo‘qligini qo‘shimcha qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-01-2018, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют