» » Namanganda bayram arafasida harbiy xizmatchilar bilan telemuloqot, QVZ va marafon o‘tkazildi

Namanganda bayram arafasida harbiy xizmatchilar bilan telemuloqot, QVZ va marafon o‘tkazildi


Namanganda Vatan himoyachilari kuni arafasida tashkil etilgan Xorazm viloyati bilan telemuloqot harbiy qismlar o‘rtasidagi quvnoqlar va zukkolar ko‘rik-tanloviga ulanib ketdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda. 

Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi viloyat hokimligi, IIB, Namangan harbiy garnizoni, “Vatanparvar” viloyat kengashi, viloyat favqulodda vaziyatlar, jismoniy tarbiya va sport ishlari boshqarmasi bilan hamkorlikda Namangan shahrida o‘tkazgan marafonda 350 nafardan ortiq yosh va harbiy ishtirok etdi. Marafon davomida zirhli jangovor texnika, “Baggi”, karting va sport mototsikllari paradi bo‘lib o‘tdi. “Uch favvora” xiyobonida qurol-aslaha ko‘rgazmasi, harbiylarning jangovor ko‘rgazmali chiqishlari namoyish etildi. 

Sanaga bag‘ishlangan tadbirlar joylarda ham ko‘tarinkilik bilan o‘tkazilmoqda. Jumladan, Yangiqo‘rg‘on tuman hokimligidagi tantanali tadbir oldidan karting va sport mototsikllari paradi, yosh musavvirlarning san’at ko‘rgazmasi namoyish etildi.

Tadbir davomida bir guruh harbiy xizmatchilar hokimlik tashakkurnomalari va kitob to‘plamlari bilan taqdirlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-01-2018, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 122) ( 0) ( 119) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют