» » 2018-yilgi davlat dasturi muhokamasi doirasida propiska masalasida 120 dan ortiq taklif kelib tushdi

2018-yilgi davlat dasturi muhokamasi doirasida propiska masalasida 120 dan ortiq taklif kelib tushdi


2017–2021-yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat loyihasining 28-bandi jamoatchilik tomonidan eng ko‘p muhokama etilayotgan yo‘nalish bo‘lib turibdi, deb xabar beradi O‘zA.

“‘Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili’ davlat dasturi loyihasining internetda muhokamaga qo‘yilishi natijasida birgina ‘2018.strategy.uz’ saytida 1-yo‘nalish – davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha qariyb 700 ga yaqin izoh va taklif kelib tushdi, — dedi Prezident huzuridagi amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti bo‘lim boshlig‘i, yuridik fanlar doktori Miravzal Mirakulov. — Ulardan eng ko‘p izoh tushgani 28-banddagi ‘Fuqarolarni doimiy va vaqtincha ro‘yxatga qo‘yish (hisobga olish) tartibini soddalashtirish, ularning mamlakat hududida erkin harakatlanish hamda mehnat qilish huquqlarini ta’minlash’ga oid loyiha bo‘lib, 120 dan ortiq izoh kelib tushdi”.

Ikkinchisi — bu milliy biometrik pasportni xorijga chiqish pasporti sifatida e’tirof etish, O‘zbekiston hududida yashash, harakatlanish uchun fuqarolik pasporti o‘rniga shaxsni tasdiqlovchi ID-karta joriy etish bo‘lib, 50 dan ortiq izoh kelib tushgan.

Uchinchisi — “Davlat xizmati to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish, davlat xizmatchilarining mehnatiga haq to‘lash va ijtimoiy ta’minoti tizimini takomillashtirish masalalari bo‘yicha 70 ga yaqin izohlar kelib tushgan.

To‘rtinchisi, innovatsion texnologiyalarni qo‘llash orqali davlat xizmatlari ko‘rsatishning yuqori sifati, tezkorligi, ochiqligini ta’minlash, aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini yanada oshirish bo‘yicha 30 dan ortiq izohlar kelib tushgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-01-2018, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 128) ( 0) ( 125) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют