» » Kuniga 7 soatdan lab bo‘yog‘i sinovini o‘tkazgan xitoylik yigit 1,5 million dollar ishlab oldi

Kuniga 7 soatdan lab bo‘yog‘i sinovini o‘tkazgan xitoylik yigit 1,5 million dollar ishlab oldi


Taobao platformasida lab bo‘yoqlari sinovini o‘tkazuvchi xitoylik go‘zallik blogeri Li Szyatsi 2017-yilda 10 million yuan (1,5 million dollar) ishlab oldi. Bu haqda China Daily xabar berdi.

Bloger bir kunda lab bo‘yog‘ining 300 dan ortiq turini sinab ko‘rgan. Uning har kunlik jonli efiri yetti soatdan davom etgan, u faqat suv ichish, ovqatlanish va hojatxonaga borish uchun translyatsiyani to‘xtatgan.

Muxlislar blogerni “lab bo‘yog‘i qiroli” yoki “temir labli aka” deb atagan. Ta’kidlanishicha, bir martada uchtadan ortiq lab bo‘yog‘ini sinab ko‘ra olmaydigan ayol blogerlardan farqli ravishda, Li bir kunda 380 dona bo‘yoqni sinovdan o‘tkazgan.

Blogerning so‘zlariga ko‘ra, u muxlislarga eng yaxshi mahsulotlarni arzon narxlarda sotib olishga yordam beradi. Ba’zan do‘konlar uning obunachilariga chegirmalar taqdim etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-01-2018, 07:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют