» » MRB NotPetya virusining Ukrainaga uyushtirgan kiberhujumida Rossiyaning qo‘li bor degan xulosaga keldi

MRB NotPetya virusining Ukrainaga uyushtirgan kiberhujumida Rossiyaning qo‘li bor degan xulosaga keldi


AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB) 2017-yili Ukrainadagi kompyuterlarga uyushtirilgan kiberhujumda Rossiya xakerlarini aybladi. Bu haqda, Washington Post’ga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.

Maxfiy ma’lumotlarga ko‘ra, NotPetya virusi 2017-yilning iyunida bank, energetika kompaniyalari, davlat tuzilmalari va aeroport kompyuterlariga hujum qilib, ulardagi ma’lumotlarni yo‘q qilib yuborgan.

Nashrning qayd etishicha, MRB kiberhujum ortida “katta ehtimol bilan” Rossiya harbiy xakerlari turibdi degan xulosaga o‘tgan yilning noyabrida kelgan.

Eslatib o‘tamiz, 2017-yilda Petya.A virusining kiberhujumi oqibatida Rossiya va Ukrainaning 80 dan ortiq kompaniyasiga zarar yetgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-01-2018, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют