» » Rossiyaning “Interfaks” saytiga zarar yetkazgan virus 5 ta mamlakatga tarqaldi

Rossiyaning “Interfaks” saytiga zarar yetkazgan virus 5 ta mamlakatga tarqaldi


24-oktabr kuni Rossiyadagi “Interfaks” saytiga zarar yetkazgan Bad Rabbit virusi kompyuterlarga kirish uchun Symantec dasturiga beriluvchi qalbaki sertifikatlardan foydalangan. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, soxta sertifikatdan foydalanish virusga faol holatga o‘tmagunga qadar ko‘rinmaslik xususiyatini bergan.

Bad Rabbit Petya virusining nisbatan zamonaviy ko‘rinishi hisoblanadi. Mazkur virus qattiq diskdagi ma’lumotlarni shifrlaydi.

Virus internet foydalanuvchisiga Flash-pleyerni yangilash taklif qilinadigan sayt orqali tarqaladi. Taxmin qilinishicha, bu sayt spam tarqalishi bilan bog‘liq bo‘lgan.

Qayd etilishicha, 24-oktabrda Bad Rabbit virusi bir nechta mamlakatlardagi kompyuterlarga tarqalgan. Virus hujum qilgan kompyuterlarning 65 foizi Rossiyada, 12 foizi Ukrainada, 10 foizi Bolgariyada, olti foizi Turkiyada va to‘rt foizi Yaponiyada ekanligi aniqlandi.

Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, hozirda virus tarqalishi to‘xtatilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (25-10-2017, 16:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют