» » Rossiya 2017-yilda 14 mlrd dollardan oshiq summaga qurol-yarog‘ sotdi

Rossiya 2017-yilda 14 mlrd dollardan oshiq summaga qurol-yarog‘ sotdi


O‘tgan yili Rossiya 14 milliard dollardan oshiq summaga qurol-yarog‘ sotdi. Bu haqda harbiy-texnik hamkorlik sohasidagi manba ma’lum qildi, deb xabar beradi “Vedomosti”.

“2017-yili 14 milliard dollardan ortiq qurol-aslaha va harbiy texnika eksport qilindi”, — deb ta’kidladi manba.

Oldinroq Rossiya prezidentining harbiy-texnik hamkorlik bo‘yicha yordamchisi Vladimir Kojin G‘arb sanksiyalariga qaramay, 2017-yilda Rossiyada yangi sheriklar — “qurol uchun oldinroq hech qachon murojaat qilmagan davlatlar” paydo bo‘ldi, degandi.

Rossiya harbiy-texnik hamkorlik federal xizmati rahbari Dmitriy Shugayevga ko‘ra, mamlakat qurol-aslaha va harbiy texnikasiga eskport buyurtmalari portfeli 47-50 milliard dollarni tashkil etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-01-2018, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 104) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют