» » Fotolavha: Na to‘lov terminali va na nazorat kassa mashinasi mavjud Farg‘onadagi bozor

Fotolavha: Na to‘lov terminali va na nazorat kassa mashinasi mavjud Farg‘onadagi bozor


Farg‘ona viloyati Toshloq tumani markazida joylashgan “Dehqon bozori” hamda “Fayz baraka” savdo kompleksi tuman mutasaddilarining e’tiboridan chetda qolgan. Bu yerda sotuvchi va xaridorlar uchun hech qanday sharoit yo‘q. Sotuvchilar va o‘z mahsulotini bozorga olib chiqqan kishilar yo‘laklarni o‘zboshimchalik bilan savdo nuqtasiga aylantirib olgani yo‘lovchilar uchun qiyinchiliklar tug‘dirmoqda, deb xabar beradi O‘zA.

Bu yerdagi sanitariya holati achinarli ahvolda. Bozor ma’muriyati va tegishli tashkilotlarning o‘z ishiga bunday sovuqqonlik bilan yondashishi xaridorlarning haqli e’tiroziga sabab bo‘lmoqda.

“Fayz baraka” savdo komleksida bugungi kunda bor-yo‘g‘i 28 nafar yakka tadbirkor ro‘yxatga olingan. Ammo bu yerdagi savdo xizmati ko‘rsatayotganlar soni ancha ko‘p. Savdo rastalarida na bank plastik kartochkasi bilan ishlaydigan to‘lov terminali va na nazorat kassa mashinasi bor. Tuman davlat soliq inspeksiyasining birinchi o‘rinbosari Otabek Roziqov bu holatni hech narsa bilan izohlay olmadi. Soliq xizmati xodimlari bu borada sansalorlikka yo‘l qo‘ymoqda.

Ushbu har ikki bozordagi oylik tushumlar ko‘rsatkichi ham juda past.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-01-2018, 18:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют