» » Toshkentda “yo‘lovchi masjidlari” qurilishi haqidagi xabar inkor etildi

Toshkentda “yo‘lovchi masjidlari” qurilishi haqidagi xabar inkor etildi


14-yanvar kuni “Kun.uz” sayti Toshkent shahrida yo‘l bo‘ylarida yo‘lovchilar uchun kichik namozgohlar qurilishi haqida yozib chiqqan edi. Xabarda, jumladan, poytaxtdagi 11 tumanning har birida ikkitadan shunday namozgohlar barpo etilishi, Sergeli va Bektemir tumanlarida bittadan yangi jome masjidi qurilishi ta’kidlangan edi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Toshkent shahar vakilligi xabar yuzasidan axborot berib, ma’lumotlar noto‘g‘ri talqin qilinganini bildirdi.

“Toshkent shahar vakilligi tomonidan ma’lum muddatlarda Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi imom-xatiblarning yig‘ilishi o‘tkaziladi. Yig‘ilishda kun tartibidan o‘rin olgan ichki masalalar bo‘yicha belgilangan vazifalar tushuntiriladi. Istiqboldagi rejalar bo‘yicha fikr-mulohazalar bildiriladi, takliflar o‘rganiladi”, — deyiladi xabarda.

“Yig‘ilishda bildirilgan Toshkent shahrida yo‘l bo‘ylarida yo‘lovchilar uchun kichik namozgohlar qurilishi, poytaxtdagi 11 tumanning har birida ikkitadan shunday namozgohlar barpo etilishi masalasi o‘zgacha talqin qilingan”.

Ta’kidlanishicha, aslida yig‘ilishda tuman bosh imom-xatiblariga shaharda mahalliy aholi talablaridan kelib chiqib, “Ziyorat turizmi”ni rivojlantirish manfaatlarini e’tiborga olgan holda tumanlardan yangi namunaviy masjid (namozxona) qurish yuzasidan ikkitadan taklif berilishi so‘ralgan. Tumanlardan berilgan jami 22 ta taklif o‘rganilib, ulardan ikkita namunaviy masjid (namozxona) qurish rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-01-2018, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 47) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют