» » Yoshlar ittifoqi Paxtaobod tumanidagi bir sinfning Toshkentga safarini tashkil etib beradigan bo‘ldi

Yoshlar ittifoqi Paxtaobod tumanidagi bir sinfning Toshkentga safarini tashkil etib beradigan bo‘ldi


Ayni kunlarda davlat maslahatchisi – O‘zbekiston yoshlar ittifoqi raisi Qahramon Quronboyev aholini ijtimoiy-ma’naviy kayfiyatini o‘rganish, yoshlar muammolariga imkon qadar amaliy ko‘mak berish maqsadida Paxtaobod tumanining chekka-chekka mahallalarida bo‘lib, xalq bilan ochiq muloqot qilmoqda. Bu haqda “Daryo”ga tashkilot matbuot xizmati ma’lum qildi.

O‘rganish davomida tumandagi umumta’lim maktablari, akademik litseylar hamda kasb-hunar kollejlari o‘quvchi-talabalari bilan suhbatlar tashkil etilmoqda. 15-yanvar kuni tumandagi 6-umumta’lim maktabi faoliyati o‘rganildi.

Yoshlar yetakchisi maktabda o‘quvchilar uchun yaratib berilgan sharoitlar, ta’lim sifati bilan yaqindan tanishdi. O‘quvchilar bilan samimiy muloqot qilib, kelajakdagi rejalari haqida so‘radi. Ayrim muammolariga yechim berdi.

Ayniqsa, 8 “a” sinf o‘quvchilari bilimga chanqoqligi, islohotlardan xabardorligi bilan Yoshlar ittifoqi yetakchisining e’tiborini tortdi.

Quronboyev o‘quvchilarga 30 ta badiiy kitob sovg‘a qildi. Sharti — o‘quvchilar ularni 30 kunda o‘qib bo‘lishi kerak. O‘qigan asarlari yuzasidan poytaxtda rais ularning har biri bilan badiiy asarlardan olgan taassurotlari yuzasidan suhbatlashadi. Pirovardida, ularning Toshkentga sayohati ham tashkil etiladi.

Muloqot davomida ushbu sinf o‘quvchilarining huquqiy fanlarga qiziqish inobatga olinib, 8 “a” sinfi namunali huquqshunoslik sinfi sifatida tashkil etiladigan bo‘ldi.

O‘quvchilarga zamonaviy kompyuter jamlanmasi, proyektor hamda huquqiy targ‘ibot materiallari sovg‘a qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-01-2018, 21:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют