» » “Osvensim buxgalteri” Germaniya rasmiylaridan afv etishlarini so‘radi 

“Osvensim buxgalteri” Germaniya rasmiylaridan afv etishlarini so‘radi 


Osvensim konslagerida 300 ming kishi o‘ldirilishiga aloqadorlikda ayblangan Oskar Gryoning afv etish to‘g‘risida iltimosnoma yo‘lladi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.

96 yoshli Gryoning 2015-yili 4 yil qamoq jazosiga hukm qilingandi, biroq apellyatsiyalar tufayli biror kun ham qamoqda o‘tirmadi.

Quyi Saksoniya adliya vazirligi vakili Kristian Luensshtayn iltimosnoma prokuraturaga yetkazilgani, biroq uning taqdim etilishi hukm ijrosi qoldirilishini anglatmasligini bildirdi.

Ayblov tomoni Gryoning konslagerdagi faoliyati davomida hech kimni o‘ldirmagan bo‘lsa ham (u mahbuslardan musodara qilingan pullarni hisob-kitob qilish va Berlinga jo‘natish bilan shug‘ullangan), ommaviy qotilliklarda aybdor bo‘lgan tuzumni qo‘llab-quvvatlagan, deb hisoblamoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-01-2018, 18:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют