» » Sud 300 ming kishining o‘ldirilishiga aloqador deb topilgan 96 yoshli “Osvensim hisobchisi”ni qamoqqa yuborishga qaror qildi

Sud 300 ming kishining o‘ldirilishiga aloqador deb topilgan 96 yoshli “Osvensim hisobchisi”ni qamoqqa yuborishga qaror qildi


“Osvensim hisobchisi” sifatida mashhur bo‘lgan SS sobiq a’zosi Oskar Gryoning yoshi anchaga borib qolganiga qaramay (96 yosh), o‘zi uchun to‘rt yillik qamoq ko‘rinishida tayinlangan jazoni o‘taydi, deya xabar bermoqda Meduza.

Oskar Gryoning Osvensimda hisobchi vazifasini bajargani ma’lum: u o‘ldirilganlarning pullarini to‘plab, hisoblab chiqqan.

2015-yilda erkak Ikkinchi jahon urushi davrida Osvensimda asosan vengriyalik yahudiylar, jami 300 ming kishining o‘ldirilishiga aloqador deb topildi va to‘rt yillik qamoqqa mahkum qilindi.

Gryoning jazoga hukm qilinganidan so‘ng uning advokatlari sudlanuvchi yoshi tufayli jazoni qamoqda o‘tay olmasligini da’vo qilib, apellyatsiyaga bergan edi.

Sud Gryoningning apellyatsiya shikoyatini rad etdi va u jazoni o‘tashga qodir deb topdi. Shu bilan birga, sud qamoqxonada 96 yoshli mahbusning barcha o‘ziga xos ehtiyojlari hisobga olinishiga va’da berdi.

Опубликовано: admin (30-11-2017, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют