» » Osvensimning sobiq buxgalteri qamoq muddatini o‘tash uchun yaroqli deb topildi

Osvensimning sobiq buxgalteri qamoq muddatini o‘tash uchun yaroqli deb topildi


Germaniyalik prokurorlar Osvensim o‘lim lagerida xizmat qilgani uchun to‘rt yillik muddatga hukm qilingan 95 yoshli sobiq SSchi Oskar Gryoning jazoni qamoqda o‘tashga yaroqli degan qarorga keldi. Bu haqda ABC News’ga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.

Gryoning jazoga hukm qilinganidan so‘ng uning advokatlari sudlanuvchi yoshi tufayli jazoni qamoqda o‘tay olmasligini da’vo qilib, apellyatsiyaga bergan edi. Apellyatsiya arizasi ko‘rib chiqilguniga qadar erkak ozodlikda qolayotgan edi. Ammo 2-iyul kuni Gannover prokurorlari matbuot kotibi Katrin Sofker apellyatsiya da’vosi rad qilinganini bildirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Gryoningning sog‘lig‘i yaxshi bo‘lib, u jazoni qamoqda o‘tay oladi.

Oskar Gryoning Osvensimda buxgalter vazifasini bajargani ma’lum: u o‘ldirilganlarning pullarini to‘plab, hisoblab chiqqan.

Erkak asosan vengriyalik yahudiylar, jami 300 ming kishining o‘ldirilishiga aloqador deb topildi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (2-08-2017, 21:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют