» » 77 kishini o‘ldirgan Breyvik qamoqdagi “noinsoniy munosabat”dan shikoyat qilgan edi. U apellyatsiya sudida yutqazdi

77 kishini o‘ldirgan Breyvik qamoqdagi “noinsoniy munosabat”dan shikoyat qilgan edi. U apellyatsiya sudida yutqazdi


Norvegiyadagi Borgarting apellyatsiya sudi qamoqda mahbus Anders Breyvikning huquqlari buzilmagan, deb qaror chiqardi. Shunday qilib, Meduza’ning yozishicha, 2016-yilgi qaror bekor qilingan.

Sud qaroriga muvofiq, Breyvik qamoqda, uning da’vosida qayd etilganiga qarshi o‘laroq, “qiynoqlarga yoki noinsoniy yoxud tahqirlovchi munosabat”ga tortilmagan. Boshqa mahbuslar bilan muloqot qilish taqiqini esa sud asosli deb hisoblagan — Breyvik qilgan ishiga hali pushaymon bo‘lmagan va jamiyat uchun xavfli.

Breyvikning advokatlari apellyatsiya sudining mazkur qarori ustida Oliy sudga shikoyat qilishni rejalashtirmoqda.

2016-yilning aprelida Oslo sudi Breyvikning Norvegiya hukumatiga qarshi da’vosini qanoatlantirgan edi. Sud mahkama xarajatlarini qoplash uchun Breyvikka kompensatsiya puli to‘lash majburiyatini yuklagan edi.

Breyvik 2011-yil yozida 77 kishini o‘ldirganlikda ayblanib, ozodlikdan mahrum etilgan. O‘shanda u dastlab Osloning hukumat mavzesida bomba portlatgan, so‘ng Utoyya orolidagi yoshlar lagerida 69 kishini otib tashlagan. Buning uchun Breyvik Norvegiya qonunlarida ko‘zda tutilgan eng og‘ir jazo — 21 yillik qamoqqa hukm qilingan.

Breyvik jazoni bir kishiga mo‘ljallangan uch xonali kamerada o‘tamoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (1-03-2017, 21:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 127) ( 0) ( 127) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют