» » Namanganda 75 nafar yosh shifokor ish boshladi

Namanganda 75 nafar yosh shifokor ish boshladi


Alisher Navoiy nomli Namangan viloyat teatri bu gal san’at shaydolari bilan emas, sog‘liqni saqlash muassasalari vakillari bilan to‘ldi: teatrda Toshkent tibbiyot akademiyasi va Andijon davlat tibbiyot institutini tamomlagan 75 nafar mutaxassisni kutib olish tadbiri tashkil etildi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati ma’lum qildi. 

Boshqarma boshlig‘i Solijon Mo‘minovga ko‘ra, viloyatdagi tibbiyot muassasalarida shifokorlar yetishmasligi kuzatilayotgandi. Qabul qilingan qator hujjatlar hayotga tatbiq etilayotganligi bois bu dolzarb masala yechimini topmoqda. Joriy yilning o‘zida 214 nafar bitiruvchi viloyatdagi davolash-profilaktika muassasalarida faoliyatini boshlaydi. Ularning bir guruhi mamnuniyat va katta umid bilan qarshi olindi.

Viloyat hokimi Xayrulla Bozorov shifokorlarning yangi otryadini mas’uliyatli ishga kirishishi bilan qutlar ekan, yosh vrachlar xalq salomatligini mustahkamlashda jonbozlik ko‘rsatishiga ishonch bildirdi va omad tiladi.

“Poliklinikamiz hududda yashovchi 51 ming nafar aholiga xizmat ko‘rsatadi. Biroq 21 nafar vrach o‘rni bo‘sh turganligi uchun muammolar yuzaga kelayotgan edi. Mana, ilk bitiruvchi safimizga qo‘shildi. Yaqin kunlarda yana yosh mutaxassislar guruhi kelyapti. Ularga barcha sharoitlarni yaratib beriladi, ustoz-shogird an’analari namunali yo‘lga qo‘yiladi”, — deydi Namangan shahridagi 9-oila poliklinikasi bosh shifokori Nasiba Dadaboyeva. 

Toshkent tibbiyot akademiyasi bitiruvchisi Islombek Najimov, Andijon davlat tibbiyot instituti tamomlovchisi Nigora Vahobova marosimda so‘zga chiqib, oliygohlarda olingan nazariy bilimlari va kasbiy ko‘nikmalarini amaliyotda qo‘llashga tayyor ekanliklarini ta’kidladi. 

Marosimda bitiruvchilarga ma’lumotnomalar topshirildi. Viloyatning birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalariga ishga joylashtirilganliklari, ikki stavkadan ishlashlari uchun ham sharoit yaratib berilishi ma’lum qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-01-2018, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 106) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют