» » Islom Karimovni xotirlab, Samarqandning barcha tumanlarida ehson oshi beriladi

Islom Karimovni xotirlab, Samarqandning barcha tumanlarida ehson oshi beriladi


O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasini abadiylashtirish va tavalludining 80 yilligini nishonlashga bag‘ishlangan tadbirlarga tayyorgarlik ishlari holati va amalga oshirilayotgan choralarga bag‘ishlangan yig‘ilishda Samarqand viloyati hokimi Turobjon Jo‘rayev ham so‘zga chiqdi. Bu haqda “Xabar.uz” nashri ma’lum qildi.

“Hazrati Xizr majmuasida qurilish ishlari tugallangan. Majmua ochilish marosimiga tayyor. O‘sha kuni Samarqandning barcha tuman va shaharlarida ehson oshi beriladi”, — deya ta’kidladi Turobjon Jo‘rayev.

Shuningdek, yig‘ilishda Samarqand viloyati hokimi O‘zbekiston Prezidentidan majmuaning ochilishiga butun respublikadan mehmonlarni taklif etishga ruxsat so‘ragan. Bunga javoban davlat rahbari tadbirga har bir viloyatdan 50 nafardan mehmon, ya’ni O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov bilan birga ishlaganlar, ziyolilar, yoshlar vakillari borishini ma’lum qilgan.

Shavkat Mirziyoyev bosh vazir Abdulla Aripovga boshqa viloyatlardan keluvchi mehmonlarning kelib-ketishi bepul va beg‘araz bo‘lishini tashkillashtirish haqida topshiriq bergan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-01-2018, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют