» » BAA Yamanda isyonchi xusiylarga qarshi qo‘llash uchun dunyodagi eng qudratli reaktiv qurilmani joylashtirdi

BAA Yamanda isyonchi xusiylarga qarshi qo‘llash uchun dunyodagi eng qudratli reaktiv qurilmani joylashtirdi


Birlashgan Arab amirliklari Yamanda isyonchi xusiylarga qarshi qo‘llash uchun Jobaria MCL yalpi o‘t ochish reaktiv qurilmasini joylashtirdi. Bu haqda Jeremi Binning Twitter’dagi sahifasida ma’lum qilindi. 

Cahifada joylashtirilgan fotolarga izohda mazkur qurol Yaman Mag‘ribidagi arab koalitsiyasi bazasini himoya qilish uchun foydalanilishi bildirilgan. 

Jobaria MCL dunyodagi eng qudratli yalpi o‘t ochish reaktiv qurilmasi hisoblanadi. U bitta yarim tirkamaga o‘rnatilgan 4 ta qurilmadan 240 ta 122 millimetrli snaryadlardan o‘t ochishga qodir. O‘t ochish vaqti 2 daqiqa, quruqlikdagi nishonlarga yetib borish masofasi 40 kilometrni tashkil etadi. 

Ushbu qurilma atigi 3 kishidan iborat ekipaj tomonidan boshqarilishi mumkin. 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-01-2018, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют