» » Islandiyalik erkak bagajga pul to‘lamaslik uchun samolyotga 10 ta ko‘ylak va 8 ta shim kiyib o‘tmoqchi bo‘ldi

Islandiyalik erkak bagajga pul to‘lamaslik uchun samolyotga 10 ta ko‘ylak va 8 ta shim kiyib o‘tmoqchi bo‘ldi


Islandiyadan Angliyaga sayohat qilayotgan erkak bagajga qo‘shimcha pul to‘lamaslik uchun 10 ta ko‘ylak va 8 ta shim kiyib samolyotga chiqmoqchi bo‘lgani uchun Islandiyaning Keflavik aeroportida qo‘lga olindi, deb xabar beradi Forum Daily.

Rayan Karni Uilyams qo‘shimcha xarajat qilmaslik uchun bagajiga sig‘magan barcha kiyimni egniga kiyib olgani uchun British Airways kompaniyasining chiptasidan mahrum qilindi.

Aeroport xodimlari Uilyamsdan egnidagi ortiqcha kiyimlarni yechishni so‘ragan, biroq u bundan bosh tortgan.

Politsiya uchastkasida dalolatnoma tuzilganidan keyin erkak EasyJet aviakompaniyasiga bordi. Rayanga bu yerda ham bo‘lib o‘tgan hodisadan so‘ng samolyotga chiqishga ruxat berishmadi.

Erkak Islandiya aeroportida pulsiz va bagajisiz qolib ketdi. Uning yuklari esa Angliyaga jo‘natildi. Oxir-oqibat Rayan Norwegian Airline reysi samolyoti bilan Angliyaga yetib oldi.

Disappointing. pic.twitter.com/7f8UFi9jb4

— Ryan Hawaii (@RYAN_HAWAII) January 10, 2018



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-01-2018, 18:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 119) ( 0) ( 117) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют