» » O‘tgan yildan ko‘ra qiyinroq bo‘ladigan 2018-yil, Mirziyoyevning janubiy viloyatlarga bo‘lajak safari, Islom Karimov yubileyiga tayyorgarlik va kunning boshqa muhim xabarlari

O‘tgan yildan ko‘ra qiyinroq bo‘ladigan 2018-yil, Mirziyoyevning janubiy viloyatlarga bo‘lajak safari, Islom Karimov yubileyiga tayyorgarlik va kunning boshqa muhim xabarlari


17-yanvarning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.

1. Shavkat Mirziyoyev 19-yanvar kuni Surxondaryoga tashrif buyuradi. Shuningdek, Prezident Qashqadaryodagi Islom Karimov haykali ochilishida ham qatnashishini ma’lum qilgan.

2. Islom Karimovning Qashqadaryodagi haykali 24-yanvar kuni ochiladi. Bundan tashqari, Birinchi Prezidentni xotirlab, Samarqandning barcha tumanlarida ehson oshi beriladi.

3. Sodiq Safoyev: “Bu yil o‘tgan yildan qiyinroq bo‘ladi”. Bu yil energiya manbalari narxini bozor narxlariga muvofiqlashtirish rejalashtirilmoqda, bu esa boshqa sohalarda narxlarning ko‘tarilishiga olib keladi.

4. O‘zbekiston oltin-valyuta zaxirasi hajmi 26,6 mlrd dollarni tashkil etdi. Ilk bor oltin-valyuta zaxirasi haqidagi ma’lumot 2017-yil noyabrida rasman e’lon qilingan, uning hajmi kuz boshidan 750 million dollarga ko‘payib, 26 milliard dollarni tashkil etgani bildirilgandi.

5. 25-yanvar kuni O‘zbekiston futbol federatsiyasi rahbariyatida o‘zgarish yuz berishi mumkin. Kuni kecha O‘FF prezidenti Umid Ahmadjonov Milliy olimpiya qo‘mitasi rahbariga aylangan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-01-2018, 18:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют