» » Samarqandda yo‘l-patrul xizmati xodimiga hujum uyushtirilishi yuzasidan IIV axborot berdi

Samarqandda yo‘l-patrul xizmati xodimiga hujum uyushtirilishi yuzasidan IIV axborot berdi


O‘zbekiston ichki ishlar vazirligi Samarqand shahrida ichki ishlar organlari xodimiga uyushtirilgan hujum yuzasidan bayonot berdi, deb xabar qiladi “Gazeta.uz”.

14-yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan videorolikda yo‘l-patrul xizmati xodimlarining Nexia haydovchisi bilan ixtilofi aks etgan edi.

IIVga ko‘ra, haydovchi yo‘l harakati xavfsizligi qoidalarini buzgan va YHXB xodimlarining talablariga bo‘ysunmay, harakatni davom ettirgan, ammo tirbandlikka kirib qolib, oxiri to‘xtashga majbur bo‘lgan.

Ichki ishlar xodimlari haydovchi mast ekanligini ko‘rib, undan hujjatlarni ko‘rsatishni talab qilgan. Ammo salonda o‘tirgan yo‘lovchi huquq-tartibot idoralari vakiliga hujum qilgan, uni qo‘llari va oyoqlari bilan ura boshlagan.

Voqea joyiga naryad chaqirilgan, holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Ish yuzasidan to‘plangan materiallar prokuratura organlariga taqdim etilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-01-2018, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 111) ( 0) ( 108) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют