» » O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlarida 700 dan ortiq xorijlik talaba tahsil olmoqda

O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlarida 700 dan ortiq xorijlik talaba tahsil olmoqda


2017-yilda MDH mamlakatlari va boshqa xorijiy davlatlardan 276 nafar yoshlar O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalariga qabul qilindi. Davlat statistika qo‘mitasi axborotiga ko‘ra, ushbu ko‘rsatkich 2016/2017-o‘quv yiliga nisbatan 126 nafarga ko‘paydi.

Joriy o‘quv yilida talabalikka qabul qilinganlarning asosiy qismini Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari, xususan Turkmaniston (120 nafar), Rossiya (56 nafar), Qozog‘iston (42 nafar) fuqarolari tashkil etdi.

Ma’lumot uchun, 2017/2018-o‘quv yili boshida O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan talabalar soni 297 689 nafar bo‘lgan.

Bugungi kunda O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida chet el mamlakatlaridan jami 709 nafar talaba ta’lim olmoqda. Ulardan 98 nafari uzoq xorij davlatlari fuqarolaridir.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-01-2018, 21:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют